Muhim

Prezident Farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi taşkil etildi

Matn6-fevral, 2026, 19:201 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Prezident Farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi taşkil etildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari Agentlikka ötkazildi.

2026-yil 1-iyuldan boşlab:

➖ Agentlik respublika va mintaqa bozorini tahlil qilib, milliy iqtisodiyotga qöşiladigan qiymat zanjirlarini oşirişga xizmat qiluvçi özlaştiriş tavsiya etiladigan raqobatbardoş mahsulotlar röyxatini sohalar kesimida bosqiçma-bosqiç şakllantiradi va eʼlon qilib boradi;

➖ özlaştiriş tavsiya etiladigan raqobatbardoş mahsulotlar röyxatiga kiritilgan mahsulotlarni özlaştirgan tadbirkorlik subyektlari bilan örnatilgan tartibda kafolatli xarid şartnomalari tuziladi hamda ular Dasturlarga kiritiladi;

➖ Agentlik xorijiy huquq egalari bilan hamkorlik örnatib, ularning işlab çiqariş texnologiyalari transferi, brend, tovar belgilari va xizmat körsatiş belgilarini mahalliy tadbirkorlik subyektlariga berişga kömaklaşadi;

➖ Dasturlarga kiritilgan loyihalar doirasida işlab çiqariş texnologik jarayonida foydalaniladigan, respublikada öxşaşi işlab çiqarilmaydigan, tasdiqlangan röyxat böyiça import qilinadigan xomaşyo va butlovçi buyumlar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek