Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Nega Yandex.Go (Taxi) Özbekistonda röyxatdan ötmagan?

Matn5-oktabr, 2023, 12:482 daqiqa0 koʻrish

Nega Yandex.Go (Taxi) Özbekistonda röyxatdan ötmagan? Nega boşqa taksi agregatorlari kabi teng soliq tölamaydi? Ularning şoxi bormi?

Bugun zaruriyat tufayli Yandex.Go taksi xizmatidan foydalandim. Tölov uçun plastik raqamim maʼlumotlari kiritilgan bölsa ham, yakunda tizimning özi avtomat ravişda tölov usulini naqdga özgartirib qöyibdi. Bundan mening xabarim yöq. Yaxşiyamki yonimda naqd pul bor ekan (odatda naqd pul olib yurmayman).

Negadir Yandex.Go xizmatidan foydalanganda terminallar orqali plastik karta bilan tölaş imkoni yöq. Tölov uçun heç qanaqa çek ham berilmaydi.

Çunki Yandex Özbekistonda yuridik şaxs taşkil qilmasdan, boşqaça aytganda yurtimizda soliq rezidenti bölmasdan turib, yuz minglab fuqarolarga xizmat körsatadi. Tuşgan milliardlab pullar esa Niderlandiyadagi hisob-raqamga ötkaziladi.

Garçi avvalgi bayonotlarda "biz şunçaki dasturiy taʼminot sotamiz, taksi xizmati körsatmaymiz" deyişgani bilan, bu gaplar şunçaki ertak va safsata. Sababi tizimga ulangan plastik raqam orqali tölov amalga oşirilsa, pul Özbekistonda röyxatdan ötgan taksoparklar hisobiga emas, balki Yandex hisobga yeçiladi. Tarif va narxni, marşrutni va taksi xizmati uçun muhim bölgan boşqa jihatlarni ham Yandex belgilaydi. Boşqaça aytganda Özbekiston qonunçiligi böyiça, Yandex töliqligiça yölovçilarga transport xizmati körsatiş töğrisidagi bitim iştirokçisi hisoblanadi.

Ammo uşbu kompaniyaning taksi xizmati körsatiş uçun, elektron tölovlar qabul qiliş uçun litsenziyasi yöq. Özbekistonda röyxatdan ötmagan, soliq rezidenti ham emas. Axir bu qip-qizil soliqdan qoçiş sxemasi emasmi? Bunaqada soğlom raqobat haqida yana qanaqa gap bölişi mumkin?

Bu masalani albatta Soliq qömitasi, Antimonopoliya qömitasi, Isteʼmolçilar huquqlarini himoya qilişga masʼul taşkilotlar körib çiqişi kerak.

Faqat körib çiqqanda, ötgan safargi kabi Yandex advokatiga aylanib olmasdan, Özbekiston va özbekistonliklar manfaatida körib çiqişadi, degan umiddaman.

Nega bunday deyayotganimni esa iqtisodçi Otabek Bakirovning şu mavzudagi turkum postlarini (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8) öqisangiz, tuşunib olasiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek