Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev IT-parkning Qoraqalpoğiston filialini borib kördi

Albom19-avgust, 2024, 19:154 daqiqa0 koʻrish

Şavkat Mirziyoyev Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Qoraqalpoğiston filialini borib kördi.

17 qavatli uşbu binoda IT-taʼlim va kovarking markazlari, ofislar, konferensiya zali va xizmat xonalari mavjud. Şuningdek, binoga IT-park rezidentlari, sohada faoliyat olib borayotgan investorlar, çet ellik autsorsing korxonalar joylaştiriladi.

***

Şundan söng, davlatimiz rahbari Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpoğiston filialini borib kördi.

130 örinli, 4 qavatli yangi majmua mustaqillik yillarida Qoraqalpoğiston Respublikasida "noldan" qurilgan birinçi köp tarmoqli şifoxona böldi.

Bugungi kunga qadar Toşkent şahrida ötkazib kelingan ayrim murakkab jarrohlik amaliyotlari endilikda şu yerning özida ötkazilmoqda. Jumladan, Qoraqalpoğistonda ilk marotaba sunʼiy qon aylaniş apparati orqali beş nafar bemorning yuragida oçiq jarrohlik amaliyoti olib borildi.

***

Söngra Şavkat Mirziyoyev Kegeyli tumanidagi Juzimbağ mahallasida böldi va yoşlar bilan uçraşdi.

Mahallada “Orol Agro” korxonasi tomonidan “Yoşlar uzum boği”  taşkil etilgan. Unda 40 kişiga örtaça 25 sotixdan yer ajratib berilgan.

Voiş usulida parvariş qilinayotgan bu tokzorning qator oralaridan ham omilkorlik bilan foydalanilmoqda. Turli sabzavotlar yetiştirilib, 400 tonnagaça mahsulot olinmoqda. Toklar töliq hosilga kirişi bilan yiliga qiymati 4 milliard sömlik 200 tonnaga yaqin mahsulot olinişi közda tutilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek