Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston bilan çegara va Andijon suv omboriga oid qonunlarni imzoladi

Matn30-noyabr, 2022, 17:372 daqiqa0 koʻrish

‼️Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston bilan çegara va Andijon suv omboriga oid qonunlarni imzoladi

Özbekiston Prezidenti bugun, 30-noyabr kuni Özbekiston bilan Qirğiz Respublikasi örtasidagi davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnoma hamda Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boşqariş töğrisidagi bitimni ratifikatsiya qilişga oid qonunlarni imzoladi.

Vanihoyat körsatilgan siyosiy iroda natijasida ikki qardoş xalq örtasidagi yaxşi qöşniçilik mustahkamlanib, 30 yildan beri hal bölmayogan nizolarga qonuniy yeçim topildi.

Şartnomalarning asosiy mazmuni:

1️⃣ özbek-qirğiz Davlat çegarasining 35 ta uçastkadagi umumiy uzunligi 302,29 km bölgan çiziği belgilandi;

2️⃣ Özbekistonga 4 ming 957 gektardagi Andijon suv ombori hududi hamda töğonga xizmat körsatiş va uni muhofaza qiliş uçun qöşimça 19,5 gektar yer maydoni ötkaziladi, yaʼni suv ombori töliqligiça Özbekiston hududida böladi. Qirğizistonga esa kompensatsiya tarzida 1 ming 19 gektar yaylov yerlari beriladi;

3️⃣ Qirğizistonga Andijon suv omborining qurilmay qolgan Kampirobod çap qirğoq kanali uçun “Ğovasoy” uçastkasidan 12 ming 849 gektar yer maydoni kompensatsiya tarzida beriladi. Bunda, Qirğiziston tomoni “Ğovasoy” daryosining tabiiy oqimiga tösqinlik qiladigan gidrotexnik va boşqa inşootlarni qurmaslik, suvning texnik ifloslanişiga yöl qöymaslik majburiyatini oladi;

4️⃣ Özbek tomoni suv omboridagi suv sathini 900 gorizontaldan yuqori bölmagan sathda uşlab turiş, Qirğiziston fuqarolarining suv ombori suviga erkin kirişi va undan foydalanişini (hayvonlarga suv beriş, suğoriş, baliq ovlaş) taʼminlaş, atrofida muhandislik-texnik inşootlarni örnatmaslik majburiyatlarini olgan. Qirğiziston tomoni suvni muhofaza qiliş zonalari örnatilişi, undan foydalaniş rejimiga rioya etilişini taʼminlaş majburiyatlarini olgan;

5️⃣ Özbekiston tomoni suv omborining xavfsizligini taʼminlaydi, ekspluatatsiya qiladi, texnik xizmat körsatadi, Qirğiziston tomoni bilan kelişilgan limitlar doirasida suv çiqaradi.

❗️Imzolangan şartnomalar natijasida Özbekistonda 2,5 million tonna qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş va 500 million dollar miqdoridagi mahsulotlarni eksport qiliş uçun 8 mingga yaqin fermer xöjaliklarini suv bilan uzluksiz taʼminlaş imkoniyati paydo bölmoqda.

Va eng asosiysi uzoq yillar davomida doimiy xavotir paydo qilib kelayotgan çegara nizolariga barham berilmoqda. Qayer kimniki ekanligi uzil-kesil hal bölib, ikki davlatning bir-biriga daʼvolariga yeçim topildi. Bu albatta, şubhasiz diplomatiyaning katta yutuği. Endi boşqa qöşni davlatlar Hukumatlari ham şunaqa siyosiy iroda körsatsa va çegaralarga oid barça bahsli masalaga nuqta qöyişsa, yaxşi bölardi. Özbekiston tomoni bunga tayyor va eng köp manfaatdor ham aynan biz. Umid qilamanki, tez orada bu ham böladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek