Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston bilan çegara masalasidagi muzokaralar haqida gapirdi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzŞavkat Mirziyoyev iştirok etayotgan sessiyada Zoyir Mirzayev nomzodi Toşkent viloyati hokimi lavozimiga tavsiya etildi.Şavkat Mirziyoyev Qirğiziston bilan çegara masalasidagi muzokaralar haqida:
«Tasavvur qilinglar, avval Toşkent viloyatidagi çegaralarimizda minalar turardi. Odamlar qarindoşlarining na töyiga bora olardi, na azasiga. Şaxsan özim nazorat qilib minalarni oldirdim. Hozir bemalol borib-kelişyapti.
Xalqaro taşkilotlar va boşqa davlatlar minalarni olişda örtaga vositaçi bölişni taklif qilişdi, lekin rad qildim. Çunki bunga özimizning ham kuçimiz yetadi. Axir qöşnimiz bilan qanday qilib yomon bölişimiz mumkin?!
Mana, kuni-keça Qirğiz respublikasi prezidenti Sadir Japarov BMT minbarida Özbekiston çegarasiga oid şartnomani imzolaşga tayyorligini maʼlum qilibdi. Bu bejizgamas. Çunki biz 1 yarim yil davomida katta muzokaralar ötkazdik, oson bölgani yöq. Bir qariç yer ham barça davlatga muhim. Mustahkam döstligimiz uçun oxiri kelişuvga erişdik», — dedi davlatimiz rahbari.
👉 @xushnudbek 👈

