Şartnomaviy miqdordan köp isteʼmol qilingan elektr va gaz uçun tölov miqdori özgardi
Şartnomaviy miqdordan köp isteʼmol qilingan elektr va gaz uçun tölov miqdori özgardi
Bu böyiça Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.
Unga köra, yuridik isteʼmolçilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmoli şartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortişiga yöl qöyilganda, belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida tölov undiriladi.
Bundan avval yuridik şaxslar uçun şartnomaviy miqdordan oşgan isteʼmol uçun 2 va 3 baravarlik tariflar joriy qilingan edi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2024-yilning avgust oyida tadbirkorlar bilan oçiq muloqotda tadbirkorlik subyektlari uçun elektr va gaz isteʼmoli limitdan 20 foizgaça oşib ketsa ham bazaviy tariflar saqlanib qoladigan tartib joriy qilinişini aytgan edi.
❗️Eslatma: uşbu tartib maişiy isteʼmolçilar, yaʼni aholi xonadonlari uçun emas, tadbirkorlik subyektlari uçun joriy qilinmoqda.
👉 @xushnudbek 👈

