Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

1-maydan «svet»-gaz uçun yangi tariflar joriy qilinadi va ijtimoiy norma joriy etiladi

Matn16-aprel, 2024, 18:403 daqiqa0 koʻrish

❗️1-maydan "svet"-gaz uçun yangi tariflar joriy qilinadi va ijtimoiy norma joriy etiladi

Hukumat 2 yildan buyon "ana böladi, mana böladi", deya kutilayotgan qarorni nihoyat qabul qilibdi. Energetika sohasidagi narx siyosatini isloh qiliş haqida avval ham köp gapirilgan, lekin turli sabablarga köra, orqaga surilib kelinayotgandi.

Endi qarorga köra, joriy yilning 1-mayidan ijtimoiy norma joriy etiladi. Töğri, qarorda aynan "ijtimoiy norma" degan jumla işlatilmagan, örniga “bazaviy meʼyor mexanizmi" deyilgan. Lekin mazmuni bir xil.

❓Ijtimoiy norma nima degani?

Ijtimoiy norma - bu aholi tomonidan imtiyozli tarif böyiça tölanadigan maʼlum miqdordagi energiya tuşuniladi. Yaʼni, muayyan belgilangan miqdorgaça nisbatan pastroq (imtiyozli) narxda sotiladi, yetmagani davlat byudjetidan subsidiya qilinadi.

Bunda tariflar bir neçta kategoriyaga bölingan va qança işlatilganiga qarab, narxlar ham özgaradi. Kim köp işlatsa, şunça köp tölaydi, kam işlatganga imtiyozli narx beriladi.

💡Elektr energiyasida kategoriyalar va narxlar quyidagiça:

oyiga 200 kVt·soatgaça – 450 söm;
oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgaça – 900 söm;
oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgaça – 1 350 söm;
oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgaça – 1 575 söm;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 sömdan.

🔥Gazda kategoriyalar va narxlar quyidagiça:

Kommunal-maişiy ehtiyojlar uçun aholiga mavsumga qarab narx belgilanmoqda. Xususan, qişki mavsumda (noyabr-fevral oylari) davomida bir oydagi isteʼmoldan kelib çiqib tegişli narx belgilanmoqda:

oyiga 500 kub metrgaça – 650 söm;
oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgaça – 1 500 söm;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgaça – 1 950 söm;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgaça – 2 275 söm;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 sömdan.

Mart – oktyabr oylarida isteʼmolçilar bir oydagi isteʼmolidan kelib çiqqan holda quyidagiça haq tölaydi:

oyiga 100 kub metrgaça – 650 söm;
oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgaça – 1 500 söm;
oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgaça – 1 950 söm;
oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgaça – 2 275 söm;
oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori – 2 600 sömdan.

❓Ehtiyojmand aholiga qanday yordam beriladi?

Ehtiyojmand aholini qöllab–quvvatlaş maqsadida davlat byudjetidan 1 trln söm mablağ ajratiladi.

Hukumat qaroriga köra, ehtiyojmand oilalarga quyidagi 2 ta yordam körsatiş nazarda tutilgan:

1) isitiş mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming söm miqdorida moddiy yordam beriladi;

2) ijtimoiy normadan quyidagi miqdorgaça oşiqça işlatilgan "svet" va gaz tölovi davlat byudjetidan kompensatsiya qilinadi:

➖ tabiiy gaz uçun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgaça;

➖ elektr energiyasi uçun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt·soatgaça.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek