Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova kaltaklangani haqida prokuratura rasmiy izoh berdi
Sariosiyo tumanidagi 28-maktab direktori Umida Tursunova kaltaklangani haqidagi xabarlarga prokuratura rasmiy izoh berdi.
Aniqlanişiça, maktab direktori U.Tursunova maktab öqituvçisi D.K.ning dars soatlarini kamaytirgani sababli öqituvçining turmuş örtoği Y.M. tomonidan urib, tan jarohati yetkazilgan. Urgan şaxs protsessual tartibda uşlangan.
Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga şikast yetkaziş) 2-qismi va 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Viloyat hokimligi ham munosabat bildirib, uşbu voqeadan çuqur afsusda ekanliklarini, jinoyat işi nazoratga olinganini, şuningdek viloyat hokimi Uluğbek Qosimov U.Tursunovadan xabar oliş uçun Sariosiyodagi şifoxonaga yölga çiqqanini maʼlum qildi.
👉 @xushnudbek 👈

