«Biz buning asoratlari bilan haligaça kuraşyapmiz» — Şavkat Mirziyoyev paxta hukmronligi asoratlari haqida
“Biz buning asoratlari bilan haligaça kuraşyapmiz” — Şavkat Mirziyoyev paxta hukmronligi asoratlari haqida
“Ötmişga nazar taşlar ekanmiz, aççiq bir haqiqatni tan olişga majburmiz: “özbek” deganda, faqat ertayu keç paxta dalasida mehnat qiladigan zahmatkaş insonlar tasavvur qilinar edi. Afsuski, şu darajaga tuşib qolgan edik.
Paxta hukmronligi özbekning peşonasiga yozilgan balo böldi. Paxta siyosati Orolni quritdi, ekologiyamizni inqirozga olib keldi, iqtisodiyotimizni, taʼlim tizimini izdan çiqardi. Oqibatda bir neça avlod çalasavod bölib voyaga yetdi. Biz buning asoratlari bilan haligaça kuraşyapmiz.
Bugun paxtaçilikda bozor iqtisodiyoti tamoyillari joriy etilib, soha öz egasini topdi. Natijada öqituvçi maktabga, şifokor şifoxonaga qaytdi, tadbirkorlar paxta “ölponi”dan ozod böldi, majburiy va bolalar mehnatiga çek qöyildi. Özbekiston xalqaro “qora röyxatlar”dan çiqarildi”, — dedi Prezident.
👉 @xushnudbek 👈


