Fikr

Rahbari hind bölgan dunyodagi yirik kompaniyalar röyxati

Foto31-avgust, 2023, 17:421 daqiqa0 koʻrish

Rahbari 🇮🇳hind bölgan dunyodagi yirik kompaniyalar röyxati.

Körib havasi keladi odamning. Umuman olganda hind kadrlarining dunyo mehnat bozorida nufuzi yuqori.

Bizda ham, Xudo xohlasa, qaçondir şunaqa bölişini orzu qilaman. Buning uçun eng avvalo taʼlimga yanada köproq eʼtibor qaratiş, bolalarga ommaviy ravişda xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini örgatiş hamda xorijiy davlatlarga öqişga boruvçilar sonini oşiriş kerak.

Şunda sekin-astalik bilan bölsa-da, xorijga oğir mehnat qilib, kam maoş oliş uçun boradiganlar singari aqliy mehnat qilib, köp daromad oliş uçun ketadiganlar soni ham ortib boraveradi. Xorijda qaysi kompaniya va qaysi lavozimda işlayotganidan qatʼi nazar, har bir özbekning harakatlari mehnat bozoridagi özbek kadrlari nufuziga taʼsir qiladi. Yoki salbiy, yoki ijobiy.

Şu örinda xorijda işlayotgan va öqiyotgan barça vatandoşlarimizning faoliyatiga omad tilab qolaman. Alloh özi qöllasin sizlarni.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek