Samarqandda tez yordamga yöl bermagan «Mercedes-Benz» haydovçisi javobgarlikka tortildi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz30 Y 222 QA davlat raqamli avtomobil haydovçisi maxsus xizmat maşinasiga yöl bermagani tanqid qilindi va barça haydovçilar ogohlantirildi.Samarqandda tez yordamga yöl bermagan “Mercedes-Benz” haydovçisi javobgarlikka tortildi
Haydovçiga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-5-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilib, u bilan tuşuntiriş işlari olib borilgan.
MJtKga köra, mayoqçani hamda sirenasini yoqqan holda yaqinlaşib kelayotgan tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari tösiqsiz ötib ketişi uçun xalaqit beriş BHMning 5 baravari miqdorida (2 mln 60 ming söm) jarima solişga sabab böladi.
✅ Şu örinda ayrim takliflarim bor:
1️⃣ Eng avval uşbu qoidabuzarlik uçun javobgarlik juda kiçkina. Kattaroq va qatʼiyroq jazo beriş şart. Masalan, dastlabki holatda kamida 15 baravar jarima (6 mln 180 ming söm), bir yil içida takror sodir etsa, haydovçilik huquqidan mahrum etiş jazosini qöllaş kerak;
2️⃣ Uşbu turdagi qoidabuzarlik uçun 0,5 jarima bali juda kam. Bu öta kulgili hatto! Balki taşakkurnoma ham berişimiz kerakdir? Jarima balini kamida 1,5 ball qilib özgartiriş kerak;
3️⃣ Uşbu turdagi qoidabuzarlik uçun 50% li çegirma qöllanmasligi kerak. Heç qanaqa erkalatadigan iş emas bu. Jarimani qurtday qilib, töliq tölasin.
Tonirovkaga tegişli ruxsati bölsa ham, atigi 5% köproq qoraytirib qöygan haydovçilarga 10 mln söm jarima solişni bilasizlar-ku, odamlar hayotiga bevosita xavf soladigan mana şunaqa qoidabuzarliklar uçun jiddiyroq javobgarlik belgilanglar, baraka topgurlar.
👉 @xushnudbek 👈
- 43 Telegram Stars



