Deputatlarga murojaat: Maxsus xizmat maşinalariga yöl bermaganlik uçun jazoni qatʼiylaştiriş kerak
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzHaydovçiga MJtKning 128-5-moddasi bilan bayonnoma rasmiylaştirildi. Muallif uşbu qoidabuzarlik uçun jazo çoralarini kuçaytirişni taklif qildi.Deputatlarga murojaat:
01 S 080 VB raqamli maşina egasi kabi haydovçilarni har qança haqorat qilmaylik, mol deymizmi, befarosat deymizmi, sökamizmi, ommaviy sazoyi qilamizmi, baribir befoyda. Yana va yana şu kabi holatlar bölaveradi. Yana va yana maxsus xizmat maşinalariga qasddan yöl bermaslik holati takrorlanaveradi.
Toki jazo çorasini qatʼiyroq belgilamasak, har qanday boşqa usulning çivin çaqqançalik foydasi bölmaydi.
❓Nega bu kabi holatlarga jazoni qatʼiylaştiriş kerak?
Çunki bu qilmiş ongli ravişda inson hayotiga suiqasd qiliş bilan teng. Mantiqan öylaylik:
➖ tez yordam kimni qutqariş uçun şoşilib ketayotgan böladi? Oğir va favquloddagi bemor (lar)ni. Tez yetib bormasa, nima böladi? Öşa bemor (lar) halok bölişi mumkin.
➖ öt öçiruvçilar nima uçun şoşilib ketayotgan böladi? Qayerdadir paydo bölgan yonğinni öçiriş va kattalaşib ketişining oldini oliş uçun. Tez yetib bormasa, nima böladi? Hammayoq xonavayron, bir yoki bir neça kişi olov içida jizğanak bölişi mumkin.
Nima uçun mana şu kabi oğir oqibatlarga olib keladigan qilmiş uçun bizda bu darajada yengil jazo belgilangan? Kim buni tuşuntirib bera oladi? Ertaga parlamentdagi deputatlarimizning istalgan birining boşiga şu kabi sinov tuşganda qaysidir befarosat ahmoq yöl bermasligini tasavvur qilib körişsin. Hammamiz özimizning tanamizda öylab köraylik. Ana şundagina bu qilmiş jamiyat uçun qanaqa katta xavf ekanligini tuşunib yetamiz.
✅Yaqindagina Samarqanddagi Mersedes haydovçisi bilan bölgan vaziyatda aytgan takliflarimni yana bir bor takrorlamoqçiman:
1️⃣ Eng avval uşbu qoidabuzarlik uçun javobgarlik juda kiçkina. Kattaroq va qatʼiyroq jazo beriş şart. Masalan, dastlabki holatda kamida 15 baravar jarima (6 mln 180 ming söm), bir yil içida takror sodir etsa, haydovçilik huquqidan mahrum etiş jazosini qöllaş kerak;
2️⃣ Uşbu turdagi qoidabuzarlik uçun 0,5 jarima bali juda kam. Bu öta kulgili hatto! Balki taşakkurnoma ham berişimiz kerakdir? Jarima balini kamida 1,5 ball qilib özgartiriş kerak;
3️⃣ Uşbu turdagi qoidabuzarlik uçun 50% li çegirma qöllanmasligi kerak. Heç qanaqa erkalatadigan iş emas bu. Jarimani qurtday qilib, töliq tölasin.
👉 @xushnudbek 👈
- 34 Telegram Stars


