«Salimboy» laqabi bilan tanilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayeviçga nisbatan qamoqqa oliş çorasi qöllandi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzToşkent şahar IIBB Salim Abduvaliyev öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaşda gumonlanib uşlanganini maʼlum qildi.«Salimboy» laqabi bilan tanilgan Abduvaliyev Salim Kirgizbayeviçga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllandi
Bu haqda bugun bölib ötgan matbuot anjumanida Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasining birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev maʼlum qildi.
Avvalroq Salim Abduvaliyevga nisbatan Jinoyat kodeksi 248-modda 1-qismida (öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaş) nazarda tutilgan qilmişni sodir etişda gumonlanib, uşlangani xabar berilgan edi.
Tergov organlari mazkur ayblovni yana-da oğirroğiga, yaʼni JK 248-moddasi 2-qismiga (öqotar qurolni qonunga xilof ravişda saqlaş takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilişi) özgartiribdi. Mazkur moddada 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş nazarda tutilgan.
Salim Abduvaliyevga mazkur ayblov bilan jinoyat işi qözğatilgan va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan.
👉 @xushnudbek 👈
