Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Saida Mirziyoyeva Zayed xalqaro mukofotining hakamlar hayʼati aʼzosi böldi

Foto8-iyul, 2025, 09:231 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Saida Mirziyoyeva Zayed xalqaro mukofotining hakamlar hayʼati aʼzosi böldi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Al-Azhar boş imomi Ahmad al-Toyib tomonidan uşbu xalqaro mukofotning 2026-yilgi sovrindorlarini aniqlab beradigan 6 nafar hakamlar hayʼati aʼzosidan biri sifatida körsatildi.

Saida Mirziyoyeva Markaziy Osiyodan Zayed mukofoti hakamlar hayʼati aʼzosiga aylangan ilk vakil hisoblanadi.

Maʼlumot uçun, uşbu mukofot 2019-yilda BAAning sobiq prezidenti marhum Şayx Zayd bin Sulton al-Nahayon şarafiga taʼsis etilgan.

Hozirga qadar butun dunyo böylab iqlim özgarişi, kambağallikka qarşi kuraş, jamiyat rivojlanişi va soğliqni saqlaş kabi turli insonparvarlik taşabbuslari böyiça 15 mamlakatdan 16 nafar sovrindor eʼtirof etilgan. Mukofot jamğarmasi – 1 mln dollar.

👉 @xushnudbek 👈

  • 5 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek