Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini taşkil etişni taklif qildi
❗Şavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini taşkil etişni taklif qildi
Bu haqda davlatimiz rahbari “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlaş maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarşi kuraşiş” mavzusidagi xalqaro forum iştirokçilariga yöllagan murojaatida maʼlum qildi.
Şuningdek, murojaatda quyidagi takliflar ilgari surildi:
➖ Barça iştirokçi davlatlar huquq-tartibot idoralari maʼlumotlar bazasini birlaştiradigan, sunʼiy intellekt yordamida işlaydigan yagona raqamli platformani işga tuşiriş;
➖ Kripto-birjalar uçun majburiy identifikatsiya standartlarini global darajada birxillaştiriş, offşor yurisdiksiyalar bilan maʼlumot almaşinuvi böyiça majburiy kelişuvlar, “nomaʼlum manba” mablağlarini avtomatik bloklaş mexanizmlarini joriy etiş;
➖ Noqonuniy mablağlar harakatini dunyo böylab avtomatik aniqlaydigan, uni qabul qilgan bank yoki moliyaviy taşkilotni darhol xavf toifasiga kiritadigan “xalqaro raqamli qora kod” tizimini joriy qiliş;
➖ Sintetik narkotiklarga ruju qöygan bemorlarni samarali davolaş böyiça zamonaviy metodika va standartlarni birgalikda yaratib boriş;
➖ Giyohvandlikka çalinganlarning tibbiy reabilitatsiyasi böyiça tajriba almaşiş maqsadida Markaziy Osiyo Narkologlar assotsiatsiyasini taşkil qiliş va uşbu taşkilotning boş ofisini Samarqand şahrida joylaştiriş.
👉 @xushnudbek 👈



