Şavkat Mirziyoyev «Markaziy Osiyo Qizil kitobi»ni işlab çiqişni taklif qildi
Şavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni işlab çiqişni taklif qildi
Davlatimiz rahbari Ostona şahridagi Mintaqaviy ekologik sammitda nutq sözlab, quyidagi takliflarni bildirdi:
➖ “Markaziy Osiyoning toza havosi” davlatlararo konsorsiumini taʼsis etiş;
➖ Özbekistondagi Yaşil universitet huzurida faoliyat yuritayotgan Çöllanişga qarşi kuraşiş, qurğoqçilikning oldini oliş hamda qum va çang böronlari haqida barvaqt ogohlantiriş markaziga mintaqaviy maqom beriş;
➖ Texnologik ötiş jarayonlarini tezlaştiriş uçun “Markaziy Osiyo yaşil savdo yölagi”ni şakllantiriş, imtiyozli bojxona tartiblarini joriy etiş va ekomahsulotlar uçun sertifikatlarni özaro tan oliş;
➖ Markaziy Osiyo iqlim loyihalarining yagona investitsiya portfelini yaratiş;
➖ Markaziy Osiyo atrof-muhitidagi özgarişlarning yagona mintaqaviy atlasini yaratiş;
➖ “Markaziy Osiyo Qizil kitobi”ni birgalikda işlab çiqiş;
➖ 2027-yilda Özbekistonda Butunjahon yoşlar iqlim forumini ötkaziş.
👉 @xushnudbek 👈



