Saida Mirziyoyeva Toşkentdagi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça yiğiliş ötkazdi
Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Administratsiya hamda aloqador idoralar rahbariyati iştirokida Toşkent şahridagi ekologik vaziyatni yaxşilaş böyiça keçiktirib bölmaydigan çora-tadbirlar yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Sönggi kunlarda kuzatilayotgan havo ifloslanişi darajasi çuqur taşviş uyğotayotgani, poytaxt aholisini haqli ravişda xavotirga solayotgani, bu holat tezkor va muvofiqlaştirilgan harakatlarni talab etayotgani qayd etildi.
Yiğilişda örnatilgan meʼyorlar buzilgan hollarda havoni ifloslantirayotgan işlab çiqarişlarga qarşi qatʼiy çoralar köriş zarurligi alohida taʼkidlandi. Odamlar salomatligi haqida gap ketganda, murosaga örin yöqligi va bu tamoyil davlat uçun ham, biznes uçun ham birdek amal qilişi kerakligi qayd etildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari tomonidan ekologik nazoratni kuçaytiriş, ifloslantiruvçi obyektlar faoliyatini çeklaş, qurilişga qöyiladigan talablarni qatʼiylaştiriş, şaharni keng kölamda kökalamzorlaştiriş va havo sifatini nazorat qilişning zamonaviy tizimini yaratiş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
Uşbu çora-tadbirlar yaqin orada davlatimiz rahbariga körib çiqiş uçun taqdim etiladigan Prezident Farmoni loyihasi uçun asos bölib xizmat qiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


