Toşkentdagi atmosfera havosi holati böyiça Maxsus komissiya yiğilişi bölib ötmoqda
❗️A️yni vaqtda Ekologiya qömitasi binosida Toşkent şahridagi atmosfera havosi holati böyiça Maxsus komissiya yiğilişi bölib ötmoqda.
Yiğiliş Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva raisligida ötkazilmoqda.
Qabul qilingan çora-tadbirlar töğrisida Prezidentning ekologiya masalalari böyiça maslahatçisi – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi Aziz Abduhakimov, Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqov, Toşkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hisobot bermoqda.
Yurtimizdagi havo bilan boğliq holat şaxsan davlatimiz rahbarining doimiy nazorati ostida bölib turibdi. Doimiy kuzatuv va ilmiy tahlillar olib borilmoqda, mahalliy mutaxassislar hamda xorijlik ekspertlar ham jalb qilingan, havo ifloslanişi bilan boğliq muammoni bartaraf etişga barça saʼy-harakatlar safarbar qilingan.
“Prezidentimiz mendan har kuni bu masala böyiça hisobot sörayaptilar. Xalqimizning salomatligi bilan boğliq masala bölgan joyda heç birimizning sustkaşlikka yöl qöyişimizga haqqimiz yöq”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
👉 @xushnudbek 👈



