Toşkentdagi bolalar maydonçalari va umumiy hovlilar örnidagi qurilişlar tekşiriladi
❗️Toşkentdagi bolalar maydonçalari va umumiy hovlilar örnidagi qurilişlar tekşiriladi
Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.
Qayd etilişiça, Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi “Lolazor” mahallasida aholi ekkan daraxtlar şafqatsizlarça kesib, qöporib taşlangan, bolalar maydonçasi örnida biznes markazi qurilişi rejalaştirilgan.
"Odamlar dod deganiça bor – qurilişlar tufayli poytaxtdagi umumiy hovlilar, öyin va sport maydonçalari tag-tugi bilan yöq qilib yuborilyapti. Aholi foydalanişi uçun ajratilgan şahar hududlari ofis yoki turar joy binolarini qurişga möljallanmagan, ular öz vazifasiga köra xizmat qilişi zarur", — deyiladi xabarda.
Boş prokuratura butun Toşkent şahri böyiça bunday obyektlarni töliq inventarizatsiyadan ötkazadi. Tekşiruv davomida quriliş ruxsatnomalarining qonuniyligi, şaharsozlik meʼyorlari va fuqarolar huquqlariga rioya qilingani örganiladi.
Qonunbuzarlik aniqlansa, masʼullarga nisbatan qatʼiy çoralar körilişi, zarur hollarda aybdorlar ozodlikdan mahrum etilişi ham taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

