Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tushuntirish

Ramazon hayiti munosabati bilan özbekistonliklar neça kun dam oladi?

Matn26-mart, 2025, 14:001 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❓Ramazon hayiti munosabati bilan özbekistonliklar neça kun dam oladi?

✅ Javob: hozirça Özbekiston musulmonlari idorasi rasman Ramazon hayitining aniq kunini eʼlon qilmadi. Bu oy çiqişiga qarab, ulamolar tomonidan belgilanadi. Dastlabki taqvimga köra, Ramazon hayiti 31-mart, duşanba kuniga töğri kelişi kutilayotgan edi.

Biroq qöşnilarimiz 🇰🇿Qozoğiston, 🇰🇬Qirğiziston va 🇹🇯Tojikistonda bu yilgi Ramazon oyi 29 kun davom etişi va Ramazon hayiti 30-mart kuni nişonlanişi eʼlon qilindi.

🗓 Agar Ramazon hayiti bizda ham 30-mart, yakşanba kuniga töğri kelişi eʼlon qilinsa, unda Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam oliş kuni bayramdan keyingi iş kuniga, yaʼni 31-mart, duşanbaga köçiriladi.

U holda bayram munosabati bilan dam oliş kunlari quyidagiça böladi:

✅❌ 29-mart (şanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga iş;
✅✅ 30-mart (yakşanba) — Ramazon hayiti;
✅✅ 31-mart (duşanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan köçirilgan barça uçun dam oliş kuni.

Ramazon Hayiti munosabati bilan yana qöşimça dam oliş kuni beriladimi yoki yöqmi (masalan, olti kunliklar uçun şanbani dam oliş kuni deya eʼlon qiliş), bu hozirça nomaʼlum.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek