Özbekiston öta qimmatli 1 oçkoni qölga kiritdi
Özbekiston öta qimmatli 1 oçkoni qölga kiritdi. Mehmonda Eronga yutqazmadi.
Albatta, yutişimiz ham mumkin edi, ğalabaga juda yaqin edik. Alamlimi? Ha, lekin bu futbol, yigitlardan xafa bölişga haqqimiz yöq. Ularga katta rahmat, maydonda borini berişdi.
Biz azaliy orzu sari yana 1 qadam taşladik. Katta qadam böldi bu. Endi töplar nisbati haqida boş qotirişimiz şart emas.
BAAda durang öynasak yoki Qatarni yutsak kifoya.
Yoki bugun Şimoliy Koreya BAAni yutib bersa, biz rasman Jahon çempionatiga çiqişimiz ham mumkin.
Xullas, dastlabki sinovdan yaxşi ötdik. Yana bir bor yigitlarga rahmat.
Eron esa Jahon çempionatiga çiqdi. Forslarni tabriklaymiz!
👉 @xushnudbek 👈
- 19 Telegram Stars

