Qizlarga şilqimlik qilib, «prank» video olganlar 5 sutkaga qamaldi
📹 Qizlarga şilqimlik qilib, "prank" video olganlar 5 sutkaga qamaldi
Yoş yigit metroda notaniş qizga şilqimlik qilib, bu harakatlarni uning şerigi videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Içki işlar organlari tomonidan yigitlarning şaxsi aniqlanib, ularga nisbatan rasmiylaştirilgan maʼmuriy bayonnoma körib çiqiş uçun sud yuborildi.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudining bugun, 1-iyundagi qaroriga köra ikki yigit (ikkisi ham OTM talabasi) Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-1-moddasi (şahvoniy şilqimlik qiliş) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilib, har biri 5 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi qöllanilgan.
Bu borada Firuz Allayev fikriga qöşilaman. Bu voqea bir hisobdan yaxşilikka böldi. Şu orqali minglab, hatto yuz minglab odamlar jamoat transportida qizlarga bunaqa şilqimlik qiliş xatoligi haqida tuşundi. Köpçilik bunaqa narsalar şunçaki yigitçilik, “krutoylik”, prikol emasligini, aksinça hatto qonun buzilişi ekanligini angladi. Bunaqa voqelar jamoatçilik tomonidan keng muhokama qilinişi, uyaltirilişi umumiy axloqqa taʼsir qilişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈



