Loyiha: 1-yanvardan Toşkentda jamoat transportida naqd tölov 3 ming söm bölişi mumkin
Loyiha: 1-yanvardan Toşkent şahridagi jamoat transportida 💵naqd pulda tölov qilinsa, 3 ming söm bölişi mumkin
❗️💳 Elektron tölovda esa narx oşmaydi — 1 ming 700 sömligiça qoladi.
Bu haqdagi Toşkent şahri hokimining qarori loyihasi eʼlon qilindi.
❓Bu nima degani?
Bundan asosiy maqsad aholining elektron tölovlardan foydalanişini rağbatlantiriş. Yaʼni kim xohlasa, avtobus va metroda oldingidek eski narxda — 1 ming 700 sömda yuraversin, buning uçun elektron tölov qilişi kerak. Kim naqd pulda tölayman desa, unda 1-yanvardan boşlab qimmatroq, yaʼni 3 ming söm tölaşi mumkin. Tanlov aholining özida qoladi.
Şuningdek, transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat içida bir yönalişli yölovçi transportidan boşqasiga ötiş sonidan kelib çiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari ham hozirgiday qoladi, özgarmaydi.
Toşkent şahri yönalişlaridagi barça avtobuslar salonida yölkira haqini naqd pulda oliş amaliyotidan voz keçiladi va yölkira haqini faqat elektron tarzda qabul qiliş amaliyoti joriy etiladi.
❓Bu nima degani?
Yangi yildan boşlab avtobus içida haydovçi yoki konduktor tomonidan aholidan naqd pul oliş taqiqlanadi. Avtobusda naqd pulda tölov qilmoqçi bölgan yölovçilar avtobus bekatlarida yoki boşqa maxsus joylarda naqd pul evaziga bir martalik QR-kodli bilet sotib olişi mumkin böladi.
Bundan maqsad — haydovçi va konduktorlar tomonidan pul mablağlarining talon-toroj qilinişiga çek qöyiş.
Metrolarda naqd pul evaziga bilet sotib olişda eskiça tartib saqlanib qoladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars

