Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Komil Allamjonovga suiqasd böyiça Javlon Yunusov Özbekistonga ekstraditsiya qilindi

Matn25-noyabr, 2024, 18:381 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Boş prokuratura rasmiy bayonoti:

Prezident Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga nisbatan sodir etilgan qotillikka suiqasd qiliş böyiça jinoyat işi doirasida jami 7 nafar şaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi, şuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi.

Qidiruvda bölgan ayblanuvçi K.S.ning Qozoğistonda yaşiringan manzili aniqlanib, uning iştirokida tergov harakatlari olib borildi.

Şuningdek, qidiruvda bölgan ayblanuvçi Javlon Yunusov Janubiy Koreyada qölga olinib, Özbekistonga ekstraditsiya qilindi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 1 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek