Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Poytaxtdan Yangi Toşkentgaça metro yöli quriladi

Albom17-iyun, 2025, 08:572 daqiqa0 koʻrish

Ⓜ Poytaxtdan Yangi Toşkentgaça metro yöli quriladi

Şavkat Mirziyoyev keça, 16-iyun kuni bu böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Unga köra, uşbu yönaliş hozirgi “Döstlik” metro bekatidan boşlanib, yangi markazgaça boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bölişi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggaça yölovçilarni qamrab ololadi.

Avval xabar berilganidek, metroni Toşkent traktor zavodi dahasigaça olib boriş ham rejalaştirilgan. Bu 2 bosqiçda amalga oşiriladi:

1⃣-bosqiçda Çilonzor yölining "Puşkin" bekatidan Toşkent halqa yöligaça yer yuzasi böylab metro yöli quriladi.

2⃣-bosqiçda u yerdan Toşkent traktor zavodi dahasining şoh bekatigaça yerosti yöli barpo etiladi.

Şuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratiş maqsadida mazkur temir yöl Toşkent halqa yöli ostidan ötkazilişi közda tutilgan. Yerosti yönalişi ham köçadagi harakatni töxtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yöli 85 ming yölovçini qamrab olişi kutilmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek