Yangi Toşkentda 232 metr balandlikka suv ota oladigan super favvora quriladi

Albom24-mart, 2026, 21:262 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

⛲ Yangi Toşkentda 232 metr balandlikka suv ota oladigan super favvora quriladi

Şavkat Mirziyoyev uşbu favvora loyihasi bilan tanişdi.

Unga köra:

➖ Musiqali favvora majmuasining umumiy maydoni 8 gektardan iborat böladi. Suv yuzasi 6,3 gektarni taşkil etadi, unda 1,5 gektar maydonda suv, musiqa va yoruğlik uyğunligidagi şoularni ötkaziş imkonini beradigan favvora barpo etiladi;

➖ Majmua tarkibida suvni 232 metr balandlikkaça ota oladigan super favvora, diametri 100 metrli suzuvçi platforma böladi;

➖ Favvora radiusi 185 metr bölgan, 360 darajali suv ekranini hosil qiliş hamda uning yuzasida turli tasvirlarni proyeksiya qilişga qodir böladi;

➖ Şuningdek, yuqori quvvatli lazer nurlari, dinamik suv kompozitsiyalari va turli vizual effektlardan foydalaniş rejalaştirilgan. Nasos, elektr, lazerli proyeksiya va boşqa texnik tizimlar yer ostidagi ikki qavatli inşootda joylaştiriladi;

➖ Taʼkidlanişiça, favvoradagi kinoproyeksiya uçun dunyodagi birinçi töliq aylanma suv ekrani (360 gradus / 2 ming 223 metr/kub) örnatiladi va bu rekord darajada böladi.

👉@xushnudbek👈

  • 7 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek