Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Prezident quyidagi musobaqalarda ğalaba qozongan sportçilarimizga ham tabrik yölladi

Albom22-aprel, 2025, 13:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Prezident quyidagi musobaqalarda ğalaba qozongan sportçilarimizga ham tabrik yölladi:

🏒 Armanistonda ötgan xokkey böyiça Jahon çempionatida öz divizionida ğolib bölgan hamda kelgusi mavsumda uçinçi divizonda qatnaşadigan milliy terma jamoamiz;

🏒 Tailandda ötgan Jahon çempionatida ğolib bölgan 18 yoşgaça bölgan xokkeyçilardan iborat terma jamoamiz;

🏃‍♂ Saudiya Arabistonida yengil atletika böyiça 18 yoşgaça bölgan sportçilar örtasidagi Osiyo çempionatida 🥇3 ta oltin, 🥈5 ta kumuş va 🥉4 ta bronza medalini qölga kiritib, öz tarixida birinçi marta umumjamoa hisobida ikkinçi örinni egallagan vakillarimiz.

Davlatimiz rahbari xokkeyçi va yengil atletikaçilarimizni yuksak zafarlari bilan tabriklab, ota-onalari, ustoz va murabbiylariga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek