Prezident XIX yozgi Osiyo öyinlarida iştirok etgan sportçilarga tabrik yölladi
Prezident XIX yozgi Osiyo öyinlarida iştirok etgan Özbekiston sport delegatsiyasi aʼzolariga tabrik yölladi
“22 ta oltin medallar jami 31 nafar sportçimiz tomonidan qölga kiritilgan bölsa, ularning teng yarmi – qizlarimiz hissasiga töğri kelganini alohida mamnuniyat bilan taʼkidlaşni örinli deb bilaman.
132 nafar vakilimiz jami 71 ta medalni qölga kiritib, ötgan Osiyo öyinlariga nisbatan rekord natijani qayd etganlari ham barçamizni quvontiradi.
Yirik xalqaro sport bellaşuvi – Osiyo öyinlarida qölga kiritgan tarixiy natijalaringiz bilan sizlarni yana bir bor samimiy qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, kelgusi faoliyatingizda yangi-yangi zafarlar, oilalaringizga baxtu saodat tilayman.
Doimo baxtingiz va omadingizni bersin, aziz farzandlarim!”, — deyiladi tabrikda.
👉 @xushnudbek 👈


