Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Taʼziya

«Paxtakor» futbol klubining sobiq aʼzosi Tölagan Isoqov 76 yoşida vafot etdi

Foto8-noyabr, 2025, 11:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

"Paxtakor" futbol klubining sobiq aʼzosi Tölagan Isoqov 76 yoşida vafot etdi.

Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.

ℹ️ Maʼlumot uçun, Tölagan Isoqov 1979-yilda jarohati sababli jamoa bilan birga safar öyiniga uçmagan va 11-avgustda sodir bölgan halokatdan omon qolgan "Paxtakor"ning kam sonli öyinçilaridan biri edi.

U bu haqda şunday eslaydi:

"1979-yilning 27-mayi mening ikkinçi tuğilgan kunim bölgan. Öşa kuni "Paxtakor" Moskvada "Dinamo"ga qarşi öynagan va raqibning Avtogen laqabli himoyaçisi Aleksandr Novikov meni oğir jarohatlagandi. Öyindagi oddiy holat, ataylab qilgan deb öylamayman. Ammo Novikovdan jiddiy jahlim çiqqandi. Öşandayoq qasos rejalarini tuza boşlagan, javob öyinida albatta heç qaçon esdan çiqmaydigan qilib saboq berişni niyat qilgandim.

Ammo qarangki, öşa jarohat mening hayotimni saqlab qoldi. Sababi, 11-avgustga qadar tiklanib ulgurmadim va öşa mudhiş reysga çiqmadim.

Öşa yilning 16-noyabr kuni "Dinamo" ikkinçi davra öyini uçun Toşkentga keldi. Mamlakatdagi hamma klublardan yiğilgan yangi "Paxtakor" iştirokini davom ettirayotgan, lekin men hali biror marta ham maydonga tuşmagandim. Öşa halokatdan keyin umuman futbolni yakunlaş haqida öylab yurgandim.

Öyin tugagaç, otamning qatʼiy iltimosiga binoan Novikovning oldiga bordim va uyga taklif qildim.

"Otam sen bilan uçraşmoqçi", – dedim. "Dinamo" ertasi kuni uçib ketişi kerak, şuning uçun buning iloji bor edi. Uyga keldik. Otam darhol Aleksandrga tön kiydirdi. Novikov hayron.

"Otam hayotimni saqlab qolganing uçun minnatdorçilik bildiryapti", – deya tuşuntirdim men".

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek