Özbekistondagi barça masjidlarda yomğir sörab, istisqo namozi öqiladi

Foto25-noyabr, 2025, 13:291 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

☪️ Özbekistondagi barça masjidlarda yomğir sörab, istisqo namozi öqiladi

Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining taşabbuslari bilan 28-noyabr kuni juma namozidan keyin yurtimizdagi barça masjidlarda yomğir sörab, jamoat bilan ikki rakat istisqo namozi öqiladi.

Şuningdek:

➖ viloyatlar, tuman-şaharlar markaziy masjidlari va ziyoratgohlarda jonliqlar söyilib, yordamga muhtoj oilalar, yetim-yesirlar, beva-beçoralar, miskinlar, boquvçisini yöqotgan keksalarga tarqatiladi;

➖ Özbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Oliy va örta maxsus islom taʼlim muassasalari ustoz va talabalari tomonidan Imom Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asari 28-noyabr kuni juma namoziga qadar xatmi kutub qilinadi;

➖ Makka va Madinada umra ziyoratida bölib turgan ellikboşi imom-domlalarimizga esa Harami şarifda öz guruhlari iştirokida istisqo namozini öqişlari tavsiya etildi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 41 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek