Toşkentda 500 m2 dan ortiq quriliş maydonlarida kompleks tekşiruv ötkaziladi
Maxsus komissiya bir hafta muddatda Toşkent şahrida quriliş uçun ajratilgan 500 m2 va undan ortiq maydonlarda quyidagi talablar asosida kompleks tekşiruv işlarini amalga oşiradi:
➖umumiy maydonining 25 foizi kökalamzorlaştirilgani;
➖quriliş maydonlarida suv purkagiçlar örnatilgani;
➖quriliş maydonlarining kiriş-çiqiş yölaklarida avtotransport vositalari ğildiraklarini yuviş hovuzlarining barpo etilgani;
➖quriliş materiallari va maişiy çiqindilarni taşişda transport vositalarining brezent yoki PVX qoplamali materiallardan tayyorlangan tent bilan yopilgan tarzda harakatlanişi;
➖quriliş maydonining çiqiş yöllarida çang va qum zarraçalarining havoga kötarilişini bartaraf etişga doir majburiy talablarni buziş yoxud uşbu hududlarda ifloslantiruvçi moddalarning yöl qöyiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga çiqarilişiga yöl qöyilmayotgani.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars

