Özbekistonda yer qaʼridan foydalanişga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rağbatlantiriladi
❗️Özbekistonda yer qaʼridan foydalanişga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rağbatlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, bu böyiça nizom tasdiqlandi.
📹 Nizomga köra, huquqbuzarlik videotexnika vositalari orqali qayd etilişi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Toğ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qiliş inspeksiyasiga yuborilişi lozim.
Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilişi kerak:
🔹 sodir etilgan huquqbuzarlik;
🔹 huquqbuzarlik sodir etgan şaxs töğrisidagi maʼlumotlar (agar mavjud bölsa);
🔹 huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt.
🗓 Foto va video materiallar 15 iş kunida körib çiqiladi.
Ularni yuborgan şaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rağbatlantiriladi.
➖ keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravişda qazib oliş yoki boşqa joyga taşiş böyiça — huquqbuzardan undirilgan mablağlar hisobidan BHMning 1 baravari (375 ming söm, 1-avgustdan — 412 ming söm);
➖ foydali qazilmalarni qazib oliş, mineral xomaşyoni qayta işlaş sohasidagi boşqa huquqbuzarlik böyiça — huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.
👉 @xushnudbek 👈


