Qöqon davlat pedagogika instituti yotoqxonasida kamera örnatilişi bilan boğliq iş sudda körib çiqildi
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzQöqon pedagogika instituti talabalar turar joyida qizlar xonasiga Wi-Fi qurilmasi niqobi ostida yaşirin kamera örnatilgani aniqlandi.Qöqon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida kamera örnatilişi bilan boğliq iş maʼmuriy sudda körib çiqildi.
Jinoyat işlari böyiça Qöqon şahri sudining 5-maydagi qaroriga köra, institutning Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasi (şaxsiy hayot daxlsizligini buziş)da körsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 15 baravari miqdorida yaʼni, 4,5 mln söm jarima jazosi tayinlangan.
Institutning taʼlim texnologiyalari markazi ikki xodimi va bölim boşliği ham mazkur modda böyiça aybdor deb topilib, ularning har biriga BHMning 10 baravari miqdorida yaʼni, 3 mln sömdan jarima jazosi belgilangan.
👉 @xushnudbek 👈


