Özbekistonda sudyalar va ularning oila aʼzolari mol-mulkini deklaratsiya qiliş yölga qöyilişi mumkin
❗️Özbekistonda sudyalar va ularning oila aʼzolari mol-mulkini deklaratsiya qiliş yölga qöyilişi mumkin
Şavkat Mirziyoyev bugun, 12-fevral kuni Sudyalar oliy kengaşi raisining axboroti bilan tanişdi.
Unga köra:
➖ Sudyalar mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlaş borasida Sudyalar intizomiy hayʼatini taşkil etiş orqali sudyaga nisbatan intizomiy jazo qöllaşning xolis tartibini yaratiş taklif qilindi;
➖ Sud apparati xodimlari orasida korrupsiyaning oldini olişga qaratilgan komplayens nazorat tizimini joriy etiş, sud apparati xodimlarini işga olişning oçiq tartibini yaratiş kabi taşabbuslar ilgari surildi;
➖ Yaqinlaşib kelayotgan 10-mart – Xalqaro ayol sudyalar kunini nişonlaş böyiça rejalar belgilab olindi;
➖ Sudyani öziga xos bölmagan vazifalardan ozod etiş maqsadida sud apparati xodimlari bilan işlaş, moddiy-texnik taʼminot va barça taşkiliy işlarga masʼul böladigan “sud maʼmurçiligi” institutini taşkil etiş böyiça ilğor xorijiy tajriba örganiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars

