Özbekistonda 45 mingdan ortiq şaxs OIV kasalligi bilan yaşamoqda
Özbekistonda 45 mingdan ortiq şaxs OIV kasalligi bilan yaşamoqda
Respublika OITSga qarşi kuraş markazi direktori örinbosari Gulifor Normurodovaning maʼlum qilişiça, bugungi kunda odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) kasalligi bilan respublikada 45 mingdan ortiq şaxs yaşab kelmoqda. Bu tuzalmas dardga çalingan bemorlar umri oxirigaça virusga qarşi dori preparatlarini qabul qilib yurişi zarur.
Aholi orasida OIV infeksiyasi tarqalişiga qarşi kuraşiş samaradorligini oşirişga doir 2023-2027-yillarga möljallangan kompleks çora-tadbirlar dasturi uçun 120 mlrd söm va 54 mln dollar ajratilgan.
***
Şaxsiy tavsiya: şu mavzuda “Subyektiv” jamoasi zör video tayyorlagan edi. Körişni qattiq tavsiya qilaman.
OIV va OITS farqini köpçilik bilmaydi. Yoki OIVga çalingan insonlarga jamiyatda munosabat notöğri. Xuddiki ularni dunyodagi eng axloqsiz va rasvo insondek qaraşadi, kimdadir OIV aniqlangani maʼlum bölsa, xalq orasida piçir-piçirlar boşlanadi, xuddi moxovga çalingan insondek ularni ajratişga harakat qilişadi. Bularning barçasi — NO-TÖG’-RI!!!
Yaxşisi filmni köring, özingiz tuşunib olasiz:
📲 https://youtu.be/5j4msVDECkM
👉 @xushnudbek 👈


