Intervyu

Milliarder fermer opa bilan suhbat

Foto2-fevral, 2023, 21:562 daqiqa0 koʻrish

Milliarder fermer opa bilan suhbat

Suratdagi opamiz Rişton tumanidagi “Agronom Aliyev” fermer xöjaligi rahbari Aliyeva Nodira Ibroximovna. Bugun şu fermer opamiz bilan biroz suhbatlaşdik.

Nodira opa 10 yil oldin — 2013-yili fermerlikni boşlagan ekanlar. Özlari bunga qadar fermerlikdan uzoq bölganlar, “Kamolot” va “Kamalak” taşkilotlarida işlaganlar.

“Ammo qaynotam va turmuş örtoğim agronom-olim bölganlari uçun, ularga suyanib iş boşlaganman. Hoziram qişloq xöjaligini yaxşi bilaman deb maqtana olmayman, yaxşiyam meni qöllab turadigan yaqinlarim bor”, - deydilar Nodira opa.

Hozirda fermer xöjaligida 93,3 gektar yer bor, asosan paxta va ğalla yetiştiriladi. Yaqindan boşlab biroz çorvaçilik ham yölga qöyilgan, kelgusida asalariçilik va parrandaçilikni ham boşlamoqçilar.

2013-yili ilk marta şu işni boşlaganlarida 60 gektar yerdan 7 mln söm foyda bilan çiqqan ekanlar. “Sir bölmasa, ötgan yili qança daromad qildingiz?” - deb söradim.

“Milliondan milliardga çiqdik, Allohga şukr”, - deb kuldilar.

2022-yili paxtadan 1,3 mlrd söm, ğalladan 550 mln söm daromad qilibdilar.

Ğalladan 85 sentner hosil olganlar. Şunda davlat rejasini ham, klaster bilan tuzilgan fyuçers şartnomasini ham bajarganlar, 13 tonna buğdoyni birjada sotganlar va bundan taşqari yana 40 tonna buğdoy özlariga qolgan.

Suhbatimiz davomida yana köp qiziq fikrlarni aytgandilar, lekin ular bitta postga siğmaydi afsuski.

Nodira opa bilan suhbatlaşib, “Sendan harakat, mendan barakat” deb bejiz aytilmaganiga yana bir bor işondim.

Yaxşi niyat bilan harakat qilayotgan hamma fermer va dehqonlarimizning hosiliga Alloh baraka bersin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek