Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Diplomatiya

Özbekiston TIV Afğonistonda Alişer Navoiy haykali buzilganiga munosabat bildirdi

Matn21-avgust, 2025, 14:501 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

🇺🇿🇦🇫Özbekiston TIV Afğonistonda Alişer Navoiy haykali buzilganiga munosabat bildirdi

Maʼlum qilinişiça, Afğonistonning Mozori Şarif şahridagi Alişer Navoiy haykali buzilgani haqida xabar topgaç, Taşqi işlar vazirligimiz mazkur masalada rasmiy izoh oliş maqsadida Afğoniston tomoni bilan boğlangan.

Olingan maʼlumotlarga köra, Alişer Navoiy haykali örnatilgan joy buyuk alloma xotirasiga yetarliça munosib emasligi, şoir va mutafakkir uçun yanada körkam majmua qurilişi lozimligi bois yodgorlik mahalliy hokimiyat tomonidan olib taşlangan.

Şu bilan birga, buziş işlari Afğoniston Madaniyat va axborot vazirligi hamda keng jamoatçilik bilan kelişilmagani alohida taʼkidlanib, afğon tarafi holat yuzasidan taassuf bildirgan.

Afğoniston hukumati vakillari Alişer Navoiy xotirasi munosib tarzda abadiylaştirilişini tasdiqlab, uning şarafiga alohida yodgorlik barpo etişga vaʼda bergan.

Jumladan, hududni obodonlaştiriş, şoir hayoti va ijodiy merosiga oid maʼlumotlarni öz içiga olgan yozuvlarni tiklaş hamda yangi yodgorlik barpo etilib, u joylaşgan maydonga Alişer Navoiy nomi berilişi rejalaştirilgani maʼlum qilingan.

👉@xushnudbek👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek