Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Özbek tilida muloqot qilişga qiynalayotganlar uçun bepul öquv kurslari oçilibdi

Foto17-sentabr, 2024, 19:491 daqiqa0 koʻrish

🇺🇿 Özbek tilida muloqot qilişga qiynalayotganlar uçun bepul öquv kurslari oçilibdi

Odatda falonçi nega özbekça gapirmaydi, deyilsa, özbek tili öqitiladigan joy topiş muammo deyişardi. Mana, bepul kurslar ham oçilibdi.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida iş yuritiş asoslarini öqitiş va malaka oşiriş markazida özga millat vakillari va özbek tilini örganuvçilar uçun “Özbek tili” kurslari taşkil etilgan.

❗️Öquv maşğulotlari uçun heç qanday tölovlar talab qilinmaydi. Öquv kursining afzalligi:

🔹jonli muloqot, anʼanaviy darslar;
🔹10-12 nafarli kiçik guruhlar;
🔹144 soatga möljallangan maxsus öquv dasturi;
🔹barça qulayliklarga ega zamonaviy öquv xonalari;
🔹malakali mutaxassislarning qiziqarli darslari;
🔹darajali sertifikat.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek