Ötgan haftada Toşkentda transport sohasiga oid 2 ta katta tadbir ötkazildi
Ötgan haftada Toşkentda transport sohasiga oid 2 ta katta tadbir ötkazildi. Bular – Şanxay hamkorlik taşkilotiga aʼzo davlatlarning birinçi transport forumi hamda Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti transport vazirlarining yiğilişi.
Tadbirlarda:
– Özbekistonni Yevropaga olib çiqadigan transport koridori (u Xitoydan boşlanib, qöşni davlatlar, Kaspiy dengizi, Ozarbayjon, Gruziya, Turkiya orqali ötib, Yevropa davlatlariga ulanib ketadi) barpo etilişi böyiça kelişuvga erişildi;
– bu yöldagi xalqaro taşuvlar uçun Özbekistonga 70 foizli çegirma berilişi kutilmoqda;
– IHTga aʼzo mamlakatlar örtasida yuk taşuvlari jarayonlarini yanada soddalaştirişni közda tutuvçi Toşkent deklaratsiyasi imzolandi;
– Samarqand aeroportiga IHT davlatlari aviatsiya xabi maqomi berildi;
– “Özbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yölagini yanada rivojlantiriş böyiça iştirokçi mamlakatlar transport vazirlari darajasida hujjat imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈

