Toşkentga kiriş va çiqişdagi postlar köçiriladi
❗️Toşkentga kiriş va çiqişdagi postlar köçiriladi
Bu böyiça loyiha Şavkat Mirziyoyevga taqdimot qilindi.
Taqdimotdan ayrim maʼlumotlar:
🔹 Şota Rustaveli köçasida amalga oşirilgan BRT tizimi (Bus rapid transit) şahardagi jami 10 ta köçada davom ettirilib, bunday yöllar uzunligi 50,6 kilometrga yetkaziladi;
🔹 Loyiha 2025-2030-yillarga möljallangan bölib, 1 mln 146 ming yölovçini qamrab oladi;
🔹 Davlatimiz rahbariga qilingan taqdimotga köra, BRT tizimi quriladigan köçalar quyidagilar:
1️⃣ Şota Rustaveli — 5,1 km;
2️⃣ Şahrisabz — 3,2 km;
3️⃣ Amir Temur — 5,7 km;
4️⃣ Yangi Sergeli — 5,3 km;
5️⃣ Maxtumquli — 1,3 km;
6️⃣ Mirzo Uluğbek – Feruza – Yuzirobod — 10,4 km;
7️⃣ Lutfiy va Muqimiy — 5,9 km;
8️⃣ Nurafşon — 3,7 km;
9️⃣ Qoratoş – Kökça darvoza — 4 km;
🔟 Alişer Navoiy – Beruniy — 6 km.
🔹 Uşbu tizim yölga qöyilgaç, avtobuslarning oraliq intervali 20 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqarişi kutilmoqda;
🔹 Loyihaning umumiy qiymati — 126 mln dollar.
Bundan taşqari, tirbandliklarni kamaytiriş maqsadida Toşkentga kiriş va çiqişdagi postlar köçirilişi rejalaştirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 2 Telegram Stars



