Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Fikr

Ölgan inson tirik deb çiqyapti

Foto1-iyun, 2025, 14:111 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzOila va xotin-qizlar qömitasi tavsiyanoma.ijro.uz saytidagi xatoliklar tuzatilgani va mobil telefondan ariza yuboriş imkoniyati yaratilganini maʼlum qildi.

Ölgan inson tirik deb çiqyapti

Bir foydalanuvçi yozmoqda:

"Xullas tizim işlamayapti. Arizaçining vafot etgan dadasini tizim "tirik" deb çiqyapti. Gaʼlati holat, hozir men öquvçimga "sening arizangni qabul qilmas ekan, dadang tirik ekan" deb qanday aytaman?"

Xolisona aytganda, bu yerda muammo tavsiyanoma tizimida emas. Çunki uşbu tizim boşqa davlat organlarining bazasida bor maʼlumotni olib keladi, xolos. Bunday vaziyatda asosiy muammo FHDY elektron bazasida, şekilli. Oçiği, qanday hal qilişni bilmayman, balki tumandagi Adliya bölimlariga yoki FHDYga murojaat qiliş kerakdir.

Özi aslida Oila va xotin-qizlar qömitasi tavsiyanoma.ijro.uz saytida eng köp beriladigan savollarga javoblar sahifasini ham yaratişi kerak. Qanday ariza yuboriş mumkinligi qadamma-qadam rasm yoki videolar bilan körsatilişi, turli muammolar yuzaga kelayotganda nimalar qiliş kerakligi haqida batafsil instruksiya kerak. "Mana tizim, buyoğiga bilganing qil", demaslik kerak. Çunki gap abituriyent yoşlar haqida ketmoqda, ularga yordam beriş kerak.

Mana bu post ostidagi izohlarda tizimdagi boşqa muammolar haqida ham yozişmoqda:
https://t.me/xushnudbekuz/2824

👉 @xushnudbek 👈

  • 4 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek