Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma uçun ariza topşira olmayapti

Albom31-may, 2025, 13:202 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma uçun ariza topşira olmayapti. Muammo nimada?
#abituriyent

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 kundan buyon köplab ehtiyojmand xotin-qizlar tavsiyanoma oliş uçun onlayn ariza topşira olmayotgani haqida eʼtirozlarni yozişmoqda. Bir yoki ikki kişi bu gapni aytsa, “balki özi nimanidir tuşunmayotgandir” deb öylaş mumkindir, lekin eʼtirozlar soni juda köp bölsa, demak, tizimda nimadir xatoligini anglatadi.

Muammo nimadaligini örganişga harakat qilib kördim va juda qiziq holatga duç keldim.

Qiziq tomoni, tavsiyanoma.ijro.uz tizimi orqali ariza beriş işlab turibdi, lekin tanqid qilayotganlarning ham gapi töğri. Iya, qanaqasiga deysizmi?

Şunçaki, bunga sabab — nönoq dasturçilar hamda veb-dizaynerlar!

Gap şundaki, saytda ariza topşiriş funksiyasi şunaqa rasvo joyga qöyilganki, foydalanuvçilar uni topiş uçun faqat kompyuterdan va şunda ham keng ekrandan foydalanişi kerak.

Telefon orqali kirilganda ariza topşiriş menyusi umuman körinmaydi (1-rasm).

Kompyuterdan kirganda yuqori menyular bölimi qatorida “Yangiliklar” menyusining oldida “Xotin-qizlar” degan menyu oçiladi va şuni bosgandan keyingina ariza beriş sahifasiga kiriş mumkin (2 va 3-rasmlar).

Lekin eng qiziği kompyuterdan kirganingizda ham agar asosiy oyna enini kiçraytirsangiz, unda “Yangiliklar” hamda “Xotin-qizlar” menyusi yöqolib qoladi va keyin ularni heç qayerdan topib bölmaydi (4-rasm).

Xullas, xotin-qizlarning dod deyayotgani töğri. Mutasaddilar tuyaquşga öxşab boşini qum içiga tiqib olmasdan, eʼtirozlarni eşitişi va muammo ildizini allaqaçon topib, bartaraf etişi kerak edi. Umid qilamizki, saytdagi xatolik tezda töğrilanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek