Nukusda Özbekiston notariuslarining III Milliy kongressi bölib ötdi
Nukusda Özbekiston notariuslarining III Milliy kongressi bölib ötdi
Qoraqalpoğistonning Nukus şahrida “Ijro xatlari va dalillarni taʼminlaş: rasmiylaştiriş, muammolar va takliflar” mavzusida notariuslarning III Milliy kongressi taşkil etildi.
Tadbirda Adliya vazirligi, Oliy sud, Majburiy ijro byurosi va boşqa idoralar vakillari, şuningdek, 350 nafardan ortiq notarius iştirok etdi. Unda ijro xatlari va dalillarni taʼminlaş bilan boğliq amaliyot, muammolar va takliflar muhokama qilindi.
Kongress davomida sohani yanada takomillaştiriş böyiça takliflar körib çiqildi. Xalqaro notariuslar ittifoqi prezidenti David Figueroa Markes esa Özbekiston notariati qisqa vaqt içida xalqaro hamjamiyatda faol va kuçli tizim sifatida özini namoyon etganini taʼkidladi.
👉 @xushnudbek 👈


