Özbekiston va Gonkong örtasida vizasiz rejim joriy qilinadi
🇺🇿🇭🇰Özbekiston va Gonkong örtasida vizasiz rejim joriy qilinadi
Prezident Şavkat Mirziyoyev 4-iyun kuni Gonkong maxsus maʼmuriy hududi Administratsiyasi rahbari Jon Li Kaççiu bilan uçraşdi.
Uçraşuvda yaqin fursatda Gonkong bilan ikki tomonlama asosda vizasiz tartibni joriy etiş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Şuningdek, hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça qöşma “yöl xaritasi”ni qabul qiliş va Işbilarmonlar kengaşini taşkil etiş ham kelişib olindi.
Avvalroq Gonkong rahbari Facebook’dagi sahifasida ikki tomon fuqarolari uçun 30 kungaça vizasiz rejim amal qilişi mumkinligi haqida yozgandi.
ℹ️ Maʼlumot uçun, hozirda Gonkong maxsus maʼmuriy hududi pasporti egalari Özbekistonga 10 kungaça vizasiz kira oladi. Özbekiston fuqarolari esa Gonkongga kiriş uçun viza olişlari kerak.
👉 @xushnudbek 👈

