Noqonuniy jangovar sport musobaqalari uçun jinoiy javobgarlik belgilanadi
❗️Özbekistonda jangovar sport turlari böyiça noqonuniy musobaqalar taşkil etganlik uçun jinoiy javobgarlik belgilanadi
Şavkat Mirziyoyev keça, 12-mart kuni bu böyiça takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Unga köra, quyidagi takliflar ilgari surildi:
➖ Fuqarolarning öz nomidagi elektron tölov vositasi, kriptohamyoni, SIM-kartasi va elektron akkauntlaridan kiberjinoyatni sodir etişda foydalanilişiga yöl qöyganlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilaş;
➖ Yuridik şaxslar tomonidan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganlik uçun oqibat kelib çiqqan-çiqmaganidan qatʼi nazar, maʼmuriy javobgarlikni belgilaş;
➖ Tijorat banklari, tölov tizimi operatorlari va tölov taşkilotlari axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaganligi natijasida sodir etilgan kiberjinoyat oqibatida yuzaga kelgan moddiy zarar uçun javobgar bölişini qonunan mustahkamlaş;
➖ Oğir va öta oğir turdagi jinoyatlarni sodir etiş maqsadida jinoiy uyuşma taşkil etganlik, uni moliyalaştirganlik, ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni yaşirişga homiylik qilganlik, jangovar sport turlari böyiça musobaqalarni noqonuniy taşkil etganlik va ötkazganlik uçun jinoiy javobgarlikni belgilaş;
➖ Bezorilik jinoyati uçun jazo çoralarini kuçaytiriş;
➖ Qonunga zid ravişda taşkil etilgan jangovar sport turlari böyiça musobaqalarda iştirok etganlik uçun maʼmuriy javobgarlikni belgilaş.
Prezident yuqoridagi takliflarni maʼqulladi.
👉 @xushnudbek 👈


