Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Tezkor

Nogironligi bölgan şaxslar uçun 2024-yilda 3 898 ta davlat granti kvotasi ajratildi

Hujjat29-iyul, 2024, 15:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Nogironligi bo‘lgan shaxslar - 2024.pdf

PDF · 231 KB

Yuklab olish

⚡️KVOTA-2024
#abituriyent 

✅ NOGIRONLIGI BÖLGAN ŞAXSLAR UÇUN

Respublika miqyosda nogironligi bölgan şaxslar uçun jami 3 ming 898 ta (ötgan yilgidan 95 taga köp) davlat granti böyiça alohida kvota ajratilgan.

▪️Taʼlim şakllari kesimida:

➖ kunduzgi — 2 560 ta;
➖ sirtqi — 1 043 ta;
➖ keçki — 183 ta;
➖ masofaviy — 112 ta.

ESLATMA: uşbu imtiyozli kvotalar tanlangan beşta yönalişga ham ötadi. Oddiy holatda imtiyozlar faqat birinçi yönalişga taalluqli bölar edi, ammo nogironligi bor şaxslar uçun istisno sifatida beşalasiga ham ötişi belgilangan.

Qoida böyiça nogironligi bölgan şaxslarning maʼlumotlari my.uzbmb.uz saytida avtomatik özi çiqadi. Qölda kiritiş şart emas.

❓Bu yerda faqat OTM nomi bor ekan, lekin yönalişlar yöq-ku?

Imtiyozli kvota yönalişlar kesimida emas, OTMlar kesimida berilgan. Bu qanday böladi?

Masalan, Toşkent davlat texnika universitetining kunduzgi şaklida nogironligi bor şaxslar uçun 44 ta kvota ajratilgan. Aytaylik, 200 nafar nogironligi bor abituriyentlar TDTU kunduzgi şakliga topşirgan. Ular turli yönalişlarni tanlaşgan, kimdir energetika, kimdir metrologiya, kimdir neft-gaz va h.k.

Yönalişidan qatʼi nazar, mana şu 200 nafar abituriyentlar orasida eng köp ball töplagan 44 nafar abituriyent davlat granti asosida qöşimça kvotaga öqişga kiradi. Qolgan 156 nafar nogironligi bor şaxslar esa özi töplagan bali böyiça umumiy tartibda barça bilan bellaşadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirişlari mumkin.

❓Nogironligi bor şaxslarga 2% ball qöşib beradimi?

Yöq, heç qanaqa ball qöşib berilmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek