Davlat granti uçun çegara nima degani?
❓Davlat granti uçun çegara nima degani?
#abituriyent
Oliy taʼlim muassasasining umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasi uluşining çegarasi haqida köpçilik söramoqda. Bu raqamlar nimani anglatişini tuşuntiraman.
Eng avvalo uşbu jadvaldagi raqamlar foizni anglatadi. Yaʼni maʼlum bir oliygohning qaysidir yönalişiga ajratilgan kvotaning şunça foizi miqdorida grant ajratilişi mumkin.
Keling, aniq misol bilan tuşuntiraman.
• Yurisprudensiya uçun jami davlat granti kvotasi — 145 ta;
• Yurisprudensiya uçun davlat granti uluşi çegarasi — 10%;
• Toşkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiya kvotasi — 550 ta.
Masalan, yurisprudensiya uçun bir oliygoh kesimida 10 foizlik grant çegarasi belgilanibdi.
Bu degani, bitta oliygoh özi uçun uçun ajratilgan kvotaning maksimum 10 foizini yurisprudensiya uçun davlat granti şaklida olişi mumkin, qolgani kontrakt böladi.
Misol uçun, Toşkent davlat yuridik universiteti yurisprudensiyasiga jami 550 ta kvota ajratilgan. ❗️Bu grant va kontrakt uçun jami kvota hisoblanadi.
TDYU mana şu 550 ta kvotaning maksimum 10% qismini yurisprudensiya yönalişi uçun grant şaklida olişi mumkin. Demak, Yuridik universitetga topşirgan abituriyentlar 55 tagaça grant olişi mumkin. Yurisprudensiyaning qolgan 495 ta kvotasi kontrakt böladi.
55 ta bu maksimum çeklov. Grant undan kamroq ham bölişi mumkin, bu abituriyentlar olgan ballarga boğliq.
Agar yurisprudensiya uçun ajratilgan jami 145 ta grantning 55 tasini TDYU olsa, qolgan 90 tasi boşqa oliygohlarning yurisprudensiya yönalişida yuqori ball olgan abituriyentlarga ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈

