Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Sport

Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni klassik şaxmatda mağlub etib, TOP-20 talikka kirdi

Albom20-yanvar, 2023, 11:062 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ayrim maʼlumotlar:

• “Nodirbek avval ham Karlsenni yutganku, nega bunça vahima?”, deb köpçilik hayron bölmoqda. Çunki Nodirbek Karlsenga qarşi birinçi marta klassik şaxmatda (bir neça soat öynaladi) öynadi va birinçisidayoq qora donalarda mağlub etdi. Avval u rapidda (tezkor şaxmat, vaqt kam) yutgandi. Klassik şaxmat asosiy va obröli hisoblanadi.

• Soliştiriş uçun: Karlsen klassik şaxmatda juda kam yutqazadi. Masalan, oxirgi 5 yilda u atigi 7 marta yutqazgan (oxirgi rasmga qaralsin).

• Nodirbek jonli reytingda TOP-20 şaxmatçi safiga kirdi. U ayni daqiqalarda dunyo böyiça 18-örinda turibdi (ikkinçi rasmga qaralsin).

• Keçagi ğalabadan söng Nodirbek Abdusattorov turnirda yakka peşqadam bölib oldi. Lekin hali oldinda yana 8 ta öyin bor (uçinçi rasmga qaralsin).

• Bugun 🇺🇿Nodirbek Abdusattorov yana bir yoş va kuçli hind grossmeysteri Pragg bilan öynaydi.

• Çallangers guruhida esa 🇺🇿Javohir Sindorov braziliyalik Luis Supi bilan kuç sinaşadi.

• Yana köpçilik Karlsen-Nodirbek öyini videosini körib, qanaqa qilib Nodirbek yutganini tuşuna olmabdi. Mot bölmadiku, deb yozişmoqda. Professional şaxmatda TOP şaxmatçilar motgaça borişmaydi. Ular vaziyatni tahlil qilib, ança avval mağlubiyatni tan olişadi. Keça Magnus ham qora piyoda b2 katagiga yurilgaç, farzinga çiqişini qaytara olmasligini bilib, taslim böldi.

Siz bilan biz u, yolğiz şohimiz qolsa ham tan olmasdan oxirigaça öynab yuraveramiz😄

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Magnus Karlsen va Nodirbek Abdusattorov partiyasi

    0 koʻrish3 daqiqa

  2. Magnus Karlsen öz mağlubiyatini tan olgan joyi

    0 koʻrish4 daqiqa

  3. Nodirbek buni uddaladi!!!

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing