Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal
Muhim

Narkojinoyatlarga qarşi jiddiy jang boşlanadi

Hujjat10-noyabr, 2025, 10:201 daqiqa0 koʻrish

Millat genofondini himoya qilish farmoni.pdf

PDF · 10 MB

Yuklab olish

❗️Narkojinoyatlarga qarşi jiddiy jang boşlanadi

Bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmon nomida millat genofondini himoya qiliş sözlari mavjud. Darhaqiqat giyohvandlik va narkotik moddalar muammosi şu darajada avj olib ketyaptiki, bunga qarşi jiddiy çoralar körilmasa, millat genofondi buzilib ketişi xavf ostida qolmoqda. Bunga qarşi kuraşga faqat organ xodimlarining kuçi yetmaydi, jamoatçilik nazorati va kömagi ham juda zarur, menimça.

Farmonga köra:

➖ Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va millat genofondiga qarşi jinoyatlar” nomli alohida yangi bölim kiritiladi;

➖ quyidagi qilmişlar uçun 20 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini belgilaşni nazarda tutuvçi jinoiy javobgarlik kiritiladi:

🔹 narkojinoiy uyuşma taşkil etiş va uning faoliyat yuritişini taʼminlaş, şuningdek, giyohvandlik vositalarini uyuşgan guruh tomonidan transçegaraviy usullarda yoki internet tarmoğidan foydalanib ötkaziş;

🔹 giyohvandlik vositalarini noqonuniy muomalaga kiritişga hokimiyat (mansab) vakolatlarini suiisteʼmol qiliş yöli bilan homiylik (rahnamolik) qiliş yoki bunday jinoyatlar foş bölişining oldini oliş maqsadida xabar beriş;

🔹 ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etiş va uning faoliyat yuritişini taʼminlaş.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek