Özbekistonda ekstremizm uçun jazo qayta körib çiqiladi
❗️Özbekistonda ekstremizm uçun jazo qayta körib çiqiladi
Bu böyiça qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Unga köra, qonunda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
➖ Ekstremizm, separatizm yoki aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan materiallarni tayyorlaş, ularni tarqatiş maqsadida saqlaş, şuningdek, ekstremistik va terrorçilik taşkilotlarining atributlari yoki ramziy belgilarini tarqatiş yoxud namoyiş etiş maqsadida tayyorlaş va saqlaş holati birinçi marta sodir etilganda, maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Jinoiy javobgarlik faqat qilmiş maʼmuriy jazo qöllangandan keyin takroran sodir etilgandagina yuzaga keladi;
➖ Ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlarni tuziş, ularga rahbarlik qiliş va ularda iştirok etganlik uçun javobgarlik çoralari ham qayta körib çiqilib, tabaqalaştirilmoqda:
🔹 ijtimoiy xavfi unça katta bölmagan qilmiş — bunday taşkilotlarda iştirok etganlik uçun yengilroq;
🔹 ularni tuziş yoki rahbarlik qilganlik uçun esa oğirroq sanksiyalar belgilanişi közda tutilmoqda (amalda uşbu harakatlarning barçasiga bir xil – 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan edi).
➖ “Diniy ekstremizm” atamasi “ekstremizm” atamasi bilan almaştirilmoqda. “Ekstremizm” tuşunçasining çegaralari aniqlaştirilib, bunga 8 ta xatti-harakat doirasi asosida qatʼiy taʼrif belgilanmoqda.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars



